Mazkur tadbir Qarshi Davlat Universiteti hududida tashkil etilib, unda tuman hokimligi va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi.
Marafonda tumanda istiqomat qilayotgan 279 mingdan ortiq aholini profilaktik ko‘rik va skrining tekshiruvlariga keng jalb qilish, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash hamda fuqarolarda o‘z salomatligiga nisbatan mas’uliyatli yondashuvni shakllantirishni maqsad qilingan.
Ayniqsa, yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet va onkologik xastaliklarning oldini olishga alohida e’tibor qaratildi. Bu esa jamiyatda sog‘lom avlodni shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar Beshkent markaziy stadionidan shahar markaziy ko‘chalari bo‘ylab tashkil etilgan 5 ming qadamlik piyoda yurish marafoni ham o’tkazildi.







