Viloyat sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat yuritayotgan o‘rta tibbiyot xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish darajasini oshirish maqsadida “Eng yaxshi IT-operator hamshira” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur tanlovda hududiy tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali IT hamshiralari ishtirok etib, o‘z bilimlari, amaliy ko‘nikmalari hamda axborot tizimlaridan foydalanish bo‘yicha salohiyatlarini namoyon etdilar.

Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning chiqishlari munosib baholanib, o’rinlar quyidagicha taqsimlandi.

1-o‘rin — Kitob tumani 7-sonli oilaviy poliklinikasi IT-operator hamshirasi Mirzayeva Durdona Nurim qizi
2-o‘rin — G‘uzor tumani 41-sonli oilaviy poliklinikasi IT-operator hamshirasi Choriyeva Asilabonu Mirzoxidjon qizi
3-o‘rin — Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi Avazova Dilshoda Nurali qizi

Tanlov yakunida g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 1-o‘rin sohibi Respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.

Mazkur tanlov sog‘liqni saqlash tizimida raqamli transformatsiyani jadallashtirish, tibbiyot xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash borasida tizimli ishlarni yanada jadallashtriishga va qo’llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Qashqadaryo viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati