Bugun tumandagi “Yangi bog‘” oilaviy shifokorlik punkti binosi kapital ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi. Tantanali tadbirda tuman hokimi, uning o‘rinbosarlari, tuman tibbiyot birlashmasi rahbari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun: ushbu bino 2000 yilda qurilgan bo‘lib, u 3 ta mahalla fuqarolari-14 968 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
Rekonstruksiya ishlari 1 milliard 557 million so‘m mablag‘ evaziga amalga oshirilib, zamonaviy talablarga javob beradigan, 7 xonadan iborat yangi laboratoriya binosi ham qurib foydalanishga topshirildi.
Mazkur tibbiyot muassasasida 40 dan ortiq tibbiyot xodimlari aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatib kelishmoqda.

Mustaqilligimiz tantanalari arafasida ushbu zamonaviy sharoitlar aholi va tibbiyot xodimlari uchun katta tuhfa bo‘ldi.