Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i A.Boboyev viloyat tibbiyotini rivojlantirishga qaratilgan yangi investision loyihalar yuzasidan investorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda “INFARKT” kompaniyasi asoschisi Timur Abidov boshchiligidagi uch nafar investor ishtirok etdi. Tomonlar viloyatda tibbiy xizmat sifatini oshirish, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan yangi muassasalar barpo etish va sohaga xususiy investisiyalarni jalb etish bo‘yicha fikr almashdilar.
Uchrashuv davomida hamkorlik istiqbollari va amaliy qadamlar yuzasidan aniq takliflar bildirildi.
Qashqadaryo viloyati sog`liqni
saqlash boshqarmasi axborot xizmati