—Viloyatda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni ko‘rib, aholi bilan muloqot qilganimda, islohotlarimiz insonlar hayotiga qanchalik tez va samarali kirib borayotganiga yana bir bor guvoh bo‘ldim. Ilgarigi yillarda bitta viloyatdagi holat bilan tanishish uchun bir kun kifoya qilardi. Bugun esa bitta tumanni o‘rganishga bir hafta ham kamlik qiladi, — dedi davlat rahbari.
Biroq erishilgan natijalar bilan kifoyalanib qolmasdan, yanada yuqori sur’atda ishlash zarurligi ta’kidlandi. Prezidentimiz haftaning boshida hokimlarga yuqoridan topshiriq kutmasdan, o‘z tashabbusi bilan ish boshlash, proaktiv yondashuvga o‘tish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilaganini eslatdi.