“So‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qilayotgan islohotlarimiz o‘z samarasini berayapti”,
– dedi Prezident.
Birgina misol, Qashqadaryodagi 34 ta sog‘liqni saqlash muassasasida pullik xizmatni raqamlashtirish hisobiga tushum 15 milliard so‘mga oshdi.
Mutasaddilarga bir oyda korrupsiyaviy holatlar salmog‘i katta bo‘lgan ta’lim, bandlik, qurilish sohalarida, Qarshi shahri, Koson va Qarshi tumanida ushbu tajribani ommalashtirish, viloyatni “korrupsiyadan holi” qilish bo‘yicha tizimli ishlash topshirildi.
Dehqon bozorlarida narx-navoning barqarorligini ta’minlash bo‘yicha Qashqadaryoda yangi tizim qilinadi.
Mutasaddilarga barcha dehqon bozorlari faoliyatini raqamlashtirish topshirildi.