Xabaringiz bor, Prezidentimiz topshirig‘i bilan Qarshi tumani Tibbiyot birlashmasi joylashgan hududda aholi qamroviga va zamon talabiga monand tarzda zamonaviy shifoxona bunyod etish ishlari davom etmoqda. Ayni kunlarda tibbiyot birlashmasi hududida katta hajmdagi qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayapti.

Tuman hokimi ushbu qurilish maydoniga borib, olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Tuman hokimi bilan suhbat davomida quruvchilar tomonidan bildirilgan tuman miqyosidagi muammolar shu kuniyoq to‘laligicha hal qilib berildi.