Qarshi tumani tibbiyot birlashmasi vaqtinchalik koʻchiriladi
Viloyat hokimi M.Azimov “Qarshi tumani tibbiyot birlashmasini vaqtinchalik Qarshi shahar tugʻruq kompleksi binosiga joylashtirish toʻgʻrisida” haqida qaror qabul qildi. (https://e-qaror.gov.uz/doc/2011871)
Mazkur qaror bilan bir oy muddatda Qarshi tumani tibbiyot birlashmasi Qarshi shahar tugʻruq kompleksi binosiga vaqtinchalik joylashtiriladi. Ushbu qaror bilan Qarshi tumani hokimi Z.Aliqulov, Qarshi shahri hokimi N.Xolboyev va mutasaddi idoralar rahbarlariga Qarshi tumani tibbiyot birlashmasining ishchi-xodimlariga qulaylik yaratish maqsadida (Beshkent – Qarshi shahar tugʻruq kompleksi oʻrtasida) avtobus qatnovini yoʻlga qoʻyish va tugʻruq kompleksida obodonlashtirish ishlarini taʼminlash vazifalari topshirildi.
Qarshi shahar tugʻruq kompleksi binosiga joylashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi “Qashqadaryo
viloyatida aholi salomatligini muhofaza qilish hamda sogʻliqni saqlash tizimini yangi
bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-67-son qarori ijrosini taʼminlash
maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi
Qonunining 6- va 25-moddalariga asosan
QAROR QILAMAN:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi PQ-67-son
qaroriga muvofiq Qarshi tumani tibbiyot birlashmasi oʻrnida yangi zamonaviy
shifoxona qurilayotganligi munosabati bilan Qarshi tumani tibbiyot birlashmasini
vaqtinchalik Qarshi shahar tugʻruq kompleksi binosiga joylashtirish yuzasidan viloyat
sogʻliqni saqlash boshqarmasi (A.Boboyev) va Davlat aktivlarini boshqarish
agentligining viloyat hududiy boshqarmasi (A.Rustamov)ning taklifi maʼqullansin.
2. Qarshi shahar tugʻruq kompleksi binosini vaqtinchalik Qarshi tumani tibbiyot
birlashmasiga nol qiymatida ijaraga berish taklifiga rozilik berilsin.
3. Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi (A.Boboyev) Qarshi tumani hokimligi
(Z.Aliqulov), Qarshi shahar hokimligi (N.Xolboyev) bilan birgalikda:
bir oy muddatda Qarshi tumani tibbiyot birlashmasini Qarshi shahar tugʻruq
kompleksi binosiga vaqtinchalik joylashtirsin;
tugʻruq kompleksida obodonlashtirish ishlarini tashkil etsin.
(N.Namazov) bilan birgalikda:
Qarshi tumani tibbiyot birlashmasining ishchi-xodimlariga qulaylik yaratish
maqsadida (Beshkent – Qarshi shahar tugʻruq kompleksi oʻrtasida) avtobus qatnovini
yoʻlga qoʻysin.
5. Viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish
masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya bosh
boshqarmasi (A.Qodirov), viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi (A.Boboyev), oʻn
kun muddatda Qarshi tumani tibbiyot birlashmasiga kommunal xizmatlaridan
foydalanishi uchun tegishli kommunal tashkilotlar bilan oʻzaro shartnomalar tuzish va
toʻlovlarni amalga oshirish choralarini koʻrsin.
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari
A.Qodirov va viloyat hokimining oʻrinbosari A.Qobilov zimmasiga yuklansin.