Xususan, o’tgan yili davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga asosan uchta alohida markaz negizida Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etildi va sohada yaxlit vertikal boshqaruv tizimi joriy etildi.
Natijada 9 million 200 ming nafardan ziyod tug’ish yoshidagi ayollarga sifatli va tizimli tibbiy xizmat ko’rsatish, tug’ilajak bolalar salomatligini nazorat qilishning samarali mexanizmi yaratildi.
Hozir ayollar va yangi tug’ilgan chaqaloqlarga barcha zarur xizmatlar, ya’ni o’smir qizlarga yordam ko’rsatish, homiladorlikka tayyorgarlik va antenatal parvarishdan boshlab, tug’uruq, tug’uruqdan keyingi parvarishgacha bo’lgan jarayonlar markaz va uning vertikal muassasalarida amalga oshirilmoqda.
Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.